Sirdaryo viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Sirdaryo viloyatida bo‘lib saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi

07.09.2024

3047

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizamxodjayev hamda Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Adham Ibodullayev Sirdaryo viloyatida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining saylovlarini o‘tkazuvchi shahar va tuman saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va kotiblarining malakasini oshirish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

 

Shuningdek, viloyat hududiy saylov komissiyasi binosida yaratilgan shart-sharoitlar ham ko‘zdan kechirildi. Viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari bilan uchrashuvda muhim siyosiy kampaniyaga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni yuqori saviyada o‘tkazish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur