Bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari bo‘yicha saylovga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

14.07.2026

398

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 8-iyuldagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1468-sonli qaroriga asosan Boyovut tumanidagi 3-Navro‘z hamda 5-Sarmich saylov okruglari bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazish belgilangan. Shu munosabat bilan joriy yil 14-iyul kuni Sirdaryo viloyati HSK raisi o‘rinbosari F.Abdusattorov hamda komissiya kotibi J.Sherboyev tomonidan Boyovut tumani saylov komissiyasi a’zolariga ushbu saylovni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish, kalendar rejada belgilangan vazifalarni o‘z muddatida bajarish yuzasidan tavsilar berildi.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur