O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 19-noyabrdagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1453-sonli qaroriga asosan Sirdaryo tumanidagi 23-Yoshlik saylov okrugida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 2025-yil 21-dekabr, yakshanba kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.
|
T/r |
Mahalliy Kengash nomi |
Saylov okrugi nomi |
Saylov uchastkasi tartib raqami |
Saylov uchastkasi |
Saylov uchastkasi chegaralari |
|
1. |
Xalq deputatlari Sirdaryo tumani Kengashi |
23-Yoshlik saylov okrugi |
245-uchastka |
Yoshlar mahallasi, O‘zbekiston ko‘chasi, Sirdaryo biznes akselerator binosi |
Sirdaryo tumani, Yoshlik mahallasi hududidagi Alvon, Ixlos, Kaxramonlar koʻchalarining chap tomoni, Firdovsiy, Ziyoli ko'chalarining chap tomoni, Ishbilarmonlar ko'chalarining oʻng tomoni, Baxt saodat, Ulugʻbek koʻchalarining chap tomoni, Navoiy ko'chasining 93-xonadondan 178 xonadongacha, Navoiy koʻchasidagi ikki qavatli uylar 152-xonadon (7,8,9,10,11,12,13,14,15,16,17,18,19,20gacha), 109-xonadon (3,4,5,6,7,8,9,10,11 gacha) Shirin, Guliston ko‘chasining chap tomoni, Zardevor, Sokinlik, O'zbekiston ko‘chasining chap tomonidagi koʻchalar 1014-hududlari chegaralarida |
|
246-uchastka |
Yoshlar mahallasi, O‘zbekiston ko‘chasi, Sirdaryo pedagogika kolleji binosi |
Sirdaryo tumani, Bahor mahallasi hududidagi O'zbekiston, Ishbilarmonlar, Guliston koʻchasidagi ikki qavatli uylar 107, 107a, 109a, 11la, 111 yotoqxona, Olchazor, Do'stlik, Beruniy, Navoiy koʻchasidagi ikki qavatli 83 (1- 18), 85(1-18), 87(1-18), Osoyishtalik, O'rikzor, Ibn-Sino, Ulug'bek, Nurafshon, Sokinlik, Al- Buxoriy, Ozodlik, Goʻzallik koʻchasidagi ikkki qavatli 35 xonadon (1-56 gacha), Bexizor koʻchalari to'liq hududlari chegaralarida |
2025 yil 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha hududiy saylov komissiyasining sirdaryo.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.
Eslatma!
1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;
2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;
3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi;