Shu maqsadda Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabida Sirdaryo viloyatidagi okrug saylov komissiyalari raisi, o‘rinbosari va kotiblarini o‘qitish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, saylov jarayonlarida amal qilish lozim bo‘lgan muhim jihatlar, saylov komissiyalari tizimi va faoliyatining asosiy jihatlari, aralash saylov tizimi va o‘ziga xos xususiyatlari, MSK ning qarorlari va saylovni o‘tkazish bo‘yicha kalendar reja bo‘yicha amalga oshirish rejalashtirilgan vazifalar mazmun-mohiyati yuzasidan zarur tushunchalar berilmoqda.
Ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotlari natijasi bo‘yicha ishtirokchilar onlayn shaklda test topshirish ham belgilangan ya’ni test jarayonlari bevosita elektron ravishda kompyuterdan foydalangan holatda amalga oshiriladi va mana shu okrug saylov komissiyalari o‘zlarining saylov bo‘yicha huquqiy bilimlarini bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi