Yig‘ilishda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Hududiy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20 va 40-moddalariga muvofiq siyosiy partiyalar tomonidan "E-saylov" axborot tizimi orqali deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Hududiy saylov komissiyasi besh kunlik muddatda nomzodlar ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi xabarni nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, partiyaga mansubligi, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyini, shuningdek, uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiyani ko‘rsatgan holda e’lon qiladi.
Shuningdek, yig‘ilishda hududlarda saylovga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha fikr-mulohazalar berib o‘tildi