O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026 yil 8 iyuldagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1468-sonli qaroriga asosan Boyovut tumanidagi 3-Navro‘z hamda 5-Sarmich saylov okruglari bo‘yicha bo‘shab qolgan o‘ringa Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yil 14 iyul kuni Sirdaryo viloyati HSK raisi o‘rinbosari F.Abdusattorov hamda komissiya kotibi J.Sherboyev tomonidan 70, 71 va 79-saylov uchastkalari joylashgan Uchturgon va Sarmich mahallalarida bo‘lishdi. Mahalla yettiligi bilan birgalikda saylov uchastkasidagi saylovchilar to‘g‘risida malumotlarga aniklik kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
