Ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 2026-yil 16-avgust, yakshanba kuni saylov bo‘lib

12.08.2026

183

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 8-iyuldagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1468-sonli qaroriga asosan Sirdaryo viloyatining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okruglarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 2026-yil 16-avgust, yakshanba kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.

 

T/r

Mahalliy Kengash nomi

Saylov okrugi nomi

Saylov uchastkasi tartib raqami

Saylov uchastkasi
manzili

Saylov uchastkasi chegaralari

1

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

3-Navro‘z saylov okrugi

70-uchastka

Boyovut tumani,

“Uchturgon” mahallasi

"Oydin hayot"

koʻchasi, 2-uy,

5-sonli

umumiy oʻrta ta'lim

maktabi

Uchturgon mahallasi hududidagi Uchturgon,

Chinobod, Yosh nihol, Zabardast avlod,

Quvonch, Oq terak, Bilimdon, Oydin xayot,

Sarchashma, Yangiobod, Balanchaqir,

Yangibog’, Naqqosh, Ibratli ko'chasidagi

xonodonlar bilan chegaralanadi.

71-uchastka

Boyovut tumani,

“Uchturgon” mahallasi

"Obod hayot" koʻchasi,

18-uy 41-sonli umumiy

oʻrta ta'lim maktabi.

Uchturgon mahallasi hududidagi X.Doʻstligi,

Obod xayot, Qirg'oq boʻyi, Namunali,

Salomatlik, Beruniy mahallasidagi Sarlochin, Shodliksevar, Ta'savur, Ilgʻor koʻchasidagi xonodonlar bilan chegaralanadi.

5-Sarmich saylov okrugi

79-uchastka

Boyovut tumani,

“Sarmich” mahallasi

"Murabbiylar" shoh

koʻchasi, 7-uy 36-sonli

umumiy oʻrta ta'lim

maktabi.

Sarmich mahallasi hududidagi Sakkokiy, Bobur, Surxon, Amudaryo, Ali qushchi, Odil

Yoqubov, Uchtut, Uchtut 1, Yuqori Sarmich, Chorbog‘, Chorbog‘ 1, Yangi chorbog‘, Osiyo, Toshkent, Joziba, Fitrat, Bobir, Uchtut, Yuqori sarmich, Chorboq koʻchasidagi xonodonlar bilan chegaralanadi

 

2026-yil 16-avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha hududiy saylov komissiyasining sirdaryo.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.

 

Eslatma!

 

1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;

 

2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;

3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi;

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur