Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi haqida

10.02.2026

54

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2026-yil 13-yanvardagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1457-sonli qaroriga asosan Sirdaryo viloyatining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okrugida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 2026-yil 15-fevral, yakshanba kuni
yangi saylov bo‘lib o‘tadi.

 

Mahalliy kengash nomi

Saylov okrugi nomi va manzili

Saylov uchastkasi tartib raqami

Saylov uchastkasi manzili

Saylov uchastkasi chegaralari

1.

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi

8-Madaniyat saylov okrugi

 

Guliston shahar, “Ma'naviyat” mahallasi, Ezgulik koʻchasi 2-uy

Guliston ixtisoslashtirilgan  san’at maktabi binosi

1-uchastka

Guliston shahar, “Ma'naviyat” mahallasi, Ezgulik koʻchasi, 1-uydagi San'at maktabi internati binosi

Guliston shahar, “Nihol” mahallasi hududi chegarasida..

2-uchastka

Guliston shahar, “Madaniyat” mahallasi, Ezgulik koʻchasi, 44-uydagi 3-umumta'lim maktabi binosi.

Guliston shahar, “Madaniyat” mahallasi hududi chegarasida.

3-uchastka

Guliston shahar, “Madaniyat” mahallasi, Ezgulik koʻchasi, 44-uydagi 9252-sonli harbiy qism binosi

9252-sonli harbiy qism chegarasida

4-uchastka

Guliston shahar, “Ulugʻ yoʻl” mahallasi, U.Yusupov koʻchasi, 34-uydagi

4-umumta'lim maktabi binosi

Guliston shahar, “Ulugʻ yoʻl” mahallasi hududi chegarasida

5-uchastka

Guliston shahar, “Ma'naviyat” mahallasi, Ezgulik koʻchasi 2-uydagi Guliston ixtisoslashtirilgan  san’at maktabi binosi

Guliston shahar, “Ma'naviyat” mahallasi hududi chegarasida

24-uchastka

Guliston shahar, “Yuksalish” mahallasi, Toshkent koʻchasi, 39-uydagi

10-umumta'lim maktabi binosi

Guliston shahar, “Yuksalish” mahallasi hamda “Bahor” mahallasi Toshkent koʻchasidagi 1-uydan 80-uyga qadar boʻlgan hudud chegarasida

25-uchastka

Guliston shahar, “Ibratli” mahallasi, Zarguzar koʻchasi, 17-uydagi

13-umumta'lim maktabi binosi

Guliston shahar, “Ibratli” mahallasi hududi chegarasida.

2.

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi

18-Ulugʻobod saylov okrugi

23-uchastka

Guliston shahar, “Ulugʻobod” mahallasi, F.Xoʻjaev koʻchasi, 29-uydagi

 12-umumta'lim maktabi binosi

Ulugʻobod mahalla fuqarolar yigʻinining Parrandachilik, Iqtidor, Ibrat, Ulugʻobod, Obi hayot, Oydin yoʻl, Shifobaxsh, Qutlugʻ qadam, Nurobod, Navbaxor, Fayzli oʻlka koʻchalari chegaralarida

285- uchastka

Guliston shahar, “Ulugʻobod” mahallasi, F.Xoʻjaev koʻchasi, 29-uydagi

12-umumta'lim maktabi binosi

Ulugʻobod mahalla fuqarolar yigʻinining Olmos, Nastarin, Xazina, Archali, Elobod, Istiqlol, Tong yulduzi, Nurafshon, Bunyodkor, Totuvlik, Forovonlik, Tafakkur, Bogʻdochilik koʻchalari chegaralari

3.

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

7-Uygʻun saylov okrugi

31-uchastka

Shirin shahar “Sirdaryo IES” AJga qarashli yotoqxona binosi.

Shirin shahar Farxod mahallasi hududidagi Yangi Dunyo, Na'muna, Bunyodkor, Abu Rayxon Beruniy tor, Shodlik, Nurafshon, Jozibador berk 3, Jozibador berk 4, Ziyokor berk 3-koʻchalari hududi chegarasida

4.

Xalq deputatlari Xovos tumani Kengashi

2-Yangi Oʻzbekiston saylov okrugi

252-uchastka

Bunyodkor mahallasi, Samarqand koʻchasi

14-musiqa va san'at maktabi binosi

Xovos tumanining Bunyodkor, Yangi Oʻzbekiston mahalla fuqarolar yigʻini chegaralarida.

 

 

2026-yil 15-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha Sirdaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining sirdaryo.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.

 

Eslatma!

 

1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;

 

2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;

 

3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur