Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlari saylovini o‘tkazish maqsadida Sirdaryo viloyatida 1 ta hududiy saylov komissiyasi, 40 ta okrug saylov komissiyasi, 11 ta tuman va shahar saylov komissiyasi hamda 322 ta uchastka saylov komissiyasi (USK) tashkil etilgan

28.09.2024

127

msk_yangiliklari_in

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlari saylovini o‘tkazish maqsadida Sirdaryo viloyatida 1 ta hududiy saylov komissiyasi, 40 ta okrug saylov komissiyasi, 11 ta tuman va shahar saylov komissiyasi hamda 322 ta uchastka saylov komissiyasi (USK) tashkil etilgan

 

Joriy yilning 27-oktyabr sanasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlari saylovini o‘tkazish maqsadida Sirdaryo viloyatida 1 ta hududiy saylov komissiyasi, 40 ta okrug saylov komissiyasi, 11 ta tuman va shahar saylov komissiyasi hamda 322 ta uchastka saylov komissiyasi (USK) tashkil etilgan bo‘lib, USKlarda 3476 nafar a’zolari, shu jumladan 1831 nafar ayollar rais, rais o‘rinbosarlari va kotib lavozimlarida faoliyat olib borishmoqda. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan USK a’zolari soni 26 nafarni tashkil etadi.

 

Saylov jarayoni har qanday davlatda fuqarolik jamiyati faoliyatining muhim qismi hisoblanadi. Saylovlarning adolatli va shaffof o‘tishi uchun har bir saylov uchastkalarida o‘z vaqtida to‘g‘ri tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bunda saylov uchastkalari tayyorgarligida bir qator muhim jihatlar e’tiborga olingan :

 

 

Saylov uchastkalarini jihozlash - Saylov uchastkalari saylov kuniga tayyor bo‘lishi uchun ularning texnik va moddiy jihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Shu sababli har bir saylov uchastkasi saylovchilarni qabul qilish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida uchastkada ovoz berish kabinalari, ovozlarni yashirin berish uchun mo‘ljallangan maxsus pardalar va barcha kerakli jihozlar o‘rnatilgan.

 

 

Bugungi kungacha saylov uchastkalarida ishlaydigan xodimlar maxsus o‘qitildi va saylov jarayonining barcha qoidalari bilan tanishtirildi. Ular saylovchilarga qanday yordam ko‘rsatishi, ovoz berish jarayonini qanday boshqarishi va saylov materiallari bilan ishlashi tushuntirildi. Xodimlarning malakasi saylovlarning shaffof va qonuniy o‘tishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ular doimiy ravishda qonunchilik va saylov qoidalaridagi o‘zgarishlar bilan tanishtirilmoqda.

 

Saylov uchastkalarining tayyorgarligi saylovlarning adolatli va qonuniy o‘tishini ta’minlash uchun muhim bosqichlardan biridir. Har bir saylov uchastkasida shaffoflik, xavfsizlik va qulaylikka e’tibor berilgan holda, ovoz berish jarayonining barcha talablarga javob berishini ta’minlash maqsad qilib qo‘yilgan.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur