Sirdaryo viloyatidagi mavjud 322 ta saylov uchastkalarining raislari, rais o‘rinbosarlari hamda kotiblari uchun o‘quv-seminar treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

07.09.2024

128

msk_yangiliklari_in

Unda hududiy trenerlar tomonidan ishtirokchilarga ushbu siyosiy jarayonning huquqiy asoslari, saylov tizimidagi yangiliklar, aralash saylov tizimining mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari haqida atroflicha tushunchalar berilmoqda.

 

Shuningdek, saylovchilar ro‘yxatini shakllantirish, saylov komissiyalari binolari, ovoz berish xonalarini jihozlashga qo‘yilgan talablar, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish kuniga tayyorgarlik borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.

 

Bundan tashqari, ushbu o‘quv-seminarda, MSKning qarorlari bilan qo‘yiladigan talablar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining o‘ziga xos hususiyatlari ham tushuntirildi.

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur